Di Franchesko yana murabbiylikka qaytdi

Sport 07:28 / 23.06.2019 4615

«Sampdoriya» klubi Eusebio Di Francheskoni bosh murabbiy qilib tayinladi.

49 yoshli italiyalik mutaxassis genuyaliklar bilan 2022 yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomani imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Di Franchesko o‘tgan mavsumda «Roma» klubida ishlagan va Chempionlar Ligasi 1/8 finalida «Portu» to‘sig‘idan o‘tolmagach, iste'foga chiqarilgan edi.

Avvalroq, «Sampdoriya» bosh murabbiy Marko Jampaolo bilan xayrlashgan edi. 

Di Franchesko murabbiylik faoliyatida «Peskara», «Lechche» va «Sassuolo» klublarida ham ishlagan. 2012/13 mavsumida «Sassuolo» uning qo‘l ostida B Seriya g‘olibi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: