Babayan boshliq «Lokomotiv» murabbiylar shtabi tarkibi tasdiqlandi

Sport 13:17 / 23.06.2019 9881

«Lokomotiv»da bosh murabbiy Samvel Babayan rahbarligida ishlaydigan murabbiylar shtabi tarkibi tasdiqlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Unga ko‘ra, Babayan quyidagi assistentlar ko‘magida faoliyat yuritadi: 

Aleksandar Galich (Serbiya) – jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy
Grigoriy Kolosovskiy – bosh murabbiy yordamchisi
Anton Meyranov – darvozabonlar bo‘yicha murabbiy
Viktor Jalilov – seleksioner murabbiy
Fahriddin Isamuhamedov – jamoa ma'muri (administrator)

Eslatib o‘tamiz, «temiryo‘lchilar»ni bir yil boshqargan Andrey Fyodorov iste'fosi va uning o‘rniga hozirgacha klubda maslahatchi lavozimida ishlab kelgan Samvel Babayanning tayinlangani kecha, 22 iyun kuni ma'lum bo‘lgan edi.

«Lokomotiv» dushanba kuni yangi bosh murabbiy bilan matbuot anjumani o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: