Amerika Kubogi. Braziliya yirik hisobda g‘alaba qozonib, guruhdan chiqdi

Sport 08:00 / 23.06.2019 9415

San-Pauludagi «Arena Korintians» stadionida 2019 yilgi Amerika Kubogining guruh bosqichi A guruhining 3-turi doirasida Peru — Braziliya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin braziliyalik futbolchilarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi gollarga Roberto Firmino, Everton, Villian, Kazemiro va Dani Alves mualliflik qilishdi.

Guruhning ikkinchi juftligida Boliviya Belu-Orizontidagi «Mineyrao» stadionida Venesuela bilan o‘ynadi. Uchrashuvda venesuelaliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi. G‘oliblar safida Darvin Machis dubl qayd etdi, yana bir gol Xosef Martines nomiga yozildi. Boliviyaning yagona goli Lionel Xustinyano tomonidan urildi.

A guruhida yakuniy jadval
1. Braziliya — 7 ochko
2. Venesuela — 5
3. Peru — 4
4. Boliviya — 0

Braziliya va Venesuela Amerika Kubogining pley-off bosqichiga chiqishdi. Peru turnirning pley-off bosqichida ishtirok etish imkoniyatlarini saqlab turishdi.

Amerika Kubogi-2019
Guruh bosqichi
3-tur
A guruhi
Peru – Braziliya 0:5 (0:3, 0:2)
Gollar: 0:1 – 12 Kazemiro, 0:2 – 19 Firmino, 0:3 – 32 Everton, 0:4 – 53 Dani Alves, 0:5 – 90 Villian.
Peru – Galese, Advinkula, Arauxo, Abram, Trauko, Tapiya, Yotun (Flores, 46), Polo, Farfan, Kueva (Balon, 67), Gerrero (Gonsales, 55).
Braziliya – Alisson, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Filipe Luis (Aleks Sandro, 57), Artur, Kazemiro (Allan, 70), Gabriel Jyezus, Koutino (Villian, 77), Everton, Firmino.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (10), Yotun (16), Tiago Silva (78), Advinkula (81).

Boliviya – Venesuela 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 2 Machis, 0:2 – 55 Machis, 1:2 – 82 Xustiniano, 1:3 – 86 Martines.
Boliviya – Lampe, Bexarano, Akin, Djuzino, Bexarano (Fernandes, 72), Xustiniano, Sausedo, Vaka (Kastro, 34), Vaka, Arano, Moreno (Alvares, 78).
Venesuela – Farines, Ernandes, Chanselor, del Pino Mago, Rosales, Moreno, Savarino, Anor (Soteldo, 59), Rinkon, Machis (Martines, 73), Rondon (Murilo, 86).
Ogohlantirishlar: Xustiniano (6), Kastro (63).

Ko‘proq yangiliklar: