Neymar «PSJ» mashg‘ulotlariga qaytmaydi

Sport 10:35 / 22.06.2019 12216

«PSJ» hujumchisi Neymar mavsumoldi tayyorgarligini boshlash uchun klubga qaytmoqchi emas.

Sport ES xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yozda klubni tark etmoqchi ekani haqida rahbariyatini ogohlantirgan. 

Neymarga Fransiyadagi hayot, jamoadoshlarining munosabati, raqiblarning juda qo‘polligi, hakamlarning bunga qarshi chora ko‘rmasligi, chempionatdagi raqobatning sustligi, tomoshabinlarning kamligi, matbuotning unga nisbatan yomon munosabatda ekani va tez-tez jarohat olishi yoqmayapti.

O‘tgan mavsumda Neymar «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan va 13ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: