Zamonaviy turmush tarzi saraton chaqirishining sababi nimada?

Light 14:41 / 21.06.2019 20464

Tsivilizatsiyaning ijobiy jihatlari insonlarga qarshi bo‘lib chiqdi. Biroq har bir odam o‘z salomatligi haqida qayg‘ursa, xavflarni kamaytirishga qodir, deydi Layfxaker.

Foto: Reuters

Hayot darajasi yuqori mamlakatlarda saraton kasaliga 1,8 foiz ko‘proq chalinishadi. Melanoma, buyrak saratoni bilan kasallangan bemorlar soni bo‘yicha ular rivojlanayotgan mamlakatlarni uch marta ortda qoldirishadi. G‘arb dunyosi prostata saratoni, to‘g‘ri ichak va ko‘krak bezi saratoni kasalligi bo‘yicha yetakchilik qiladi.

Ko‘krak saratoni holatlarining 100 ming kishiga to‘g‘ri keladigan soni.

Hayot darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda salbiy o‘simtalarning 25 foizini odam papilloma virusi, Epshteyn-Barr virusi va 8 turdagi gerpes va boshqa infeksiyalari chaqiradi. Tibbiyot rivojlangani sayin infeksiyani yengish usullari paydo bo‘lmoqda. Biroq shunga qaramay, saraton bilan kasallanish ko‘rsatkichlari tez o‘smoqda.

Viruslar o‘rniga salbiy ekologiya va nosog‘lom turmush tarzi kelmoqda. Quyida qaysi omillar kasallikka olib kelayotganiga oydinlik kiritamiz.

Saraton paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lmoqda?

Jismoniy faollikning yetishmasligi

Butun dunyo bo‘ylab 31 foiz katta yoshdagi odamlar yetarli harakatlanishmaydi. Turmush darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda jismoniy faollik kamroq rivojlangan va farovon bo‘lmaganlardagiga qaraganda pastroq.

Jismoniy faol bo‘lmagan 15 yosh va undan katta erkaklar (foiz hisobida)
Jismoniy faol bo‘lmagan 15 yosh va undan katta ayollar (foiz hisobida)

Jismoniy faollik ko‘krak saratoni rivojlanish xavfini 25 foizga, to‘g‘ri ichaknikini esa 40-50 foizga kamaytiradi.

Olimlar jismoniy faollik nima uchun saratondan himoya qilishini bilishmaydi. Faollik jinsiy va metabolik gormonlar hamda o‘sish omillariga ta'sir qiladi, degan taxmin mavjud. Ko‘krak bezi saratoni xavfi estrogenlar ishlab chiqarilishining kamayishi evaziga pasayadi, degan taxminlar mavjud.

Jismoniy faollik ichaklar peristaltikasini yaxshilaydi, ovqat u yerda uzoq qolmaydi. Bu esa yallig‘lanish va saraton xavfini kamaytiradi.

Harakatning yetishmovchiligi insulinga sezuvchanlikni pasaytiradi. Bu esa o‘simtalar o‘sishi uchun yoqimli muhitni yaratadi.

Jismoniy faolik nospetsifik immunitet – fagotsitlarning tirik va o‘lik zarralarni yutishini oshiradi. Bu saraton hujayralarini yo‘q qilishda yordam beradi.

Faollik vaznni kamaytirish va uni bir me'yorda ushlab turishga yordam beradi.

Ko‘pchilik shifokorlar haftasiga 5 va undan ko‘proq kun davomida 30 daqiqadan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni tavsiya etishadi.

Semizlik va ortiqcha vazn 2017 yilda 774 million kishi semizlikdan aziyat chekkan. Ularning ko‘pchiligi – rivojlangan mamlakatlarda: AQSh (33 foiz), Saudiya Arabistoni (34,7 foiz), Kanada (28 foiz), Avstraliya (28,6 foiz), Buyuk Britaniya (28,1 foiz).

Semiz odamlar ovqat hazm qilish, qalqonsimon bez, buyraklar, jigar va o‘t pufagi organlari saratoniga ko‘proq chalinishadi.

Bu holatda ham olimlar nima uchun ortiqcha yog‘ saratonga olib kelishini bilishmaydi. Biroq uchta ehtimoldagi sababni keltiradilar:

Gormonal fon o‘zgaradi. Yog‘ hujayralarni ko‘proq bo‘linishga majbur qiladigan gormonlar (insulin  va boshqa o‘sish omillari)ni erkinlashtiradi.

Yallig‘lanish ortadi. Yog‘ hujayralari ortishi bilan immunitet hujayralarni ham ko‘payadi. Immunitet hujayralari yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan moddalar – tsitoksin ishlab chiqaradi. Bu esa hujayralarni ko‘proq bo‘linishga majbur qiladi va saraton rivojlanishi xavfini orttiradi.

Jinsiy gormonlar. Yog‘ hujayralari ayollar jinsiy gormonlar – estrogenlarni erkinlashtiradi. Menopazudan keyin estrogenning yuqori ko‘rsatkichda bo‘lishi ko‘krak va bachadon hujayralariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi: hujayralarni tezroq bo‘linishga majbur qiladi, mutatsiya va saratonni qo‘zg‘atadi.

Ortiqcha vazndan qancha uzoq vaqt davomida aziyat cheksangiz, saraton bilan kasallanish xavfi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ortiqcha kilogramdan iloji boricha tezroq xalos bo‘ling: sog‘lom ovqatlanishni boshlang, ko‘proq harakatlaning va o‘z sport turingizni toping.

Qovurilgan va sho‘r taomlarni haddan ziyod iste'mol qilish

Fastfud, tuzli yeguliklar, marinadlangan mahsulotlar va qovurilgan go‘sht tarkibida kanserogenlar bo‘ladi va saraton rivojlanishi ehtimolini oshiradi.

Sho‘r mahsulotlarni doimiy ravishda iste'mol qilish oshqozon saratoni xavfini 1,78 marta oshirsa, yo‘g‘on ichak saratoni – 1,53 marta va to‘g‘ri ichakda esa bu ko‘rsatkich 1,74 marta oshadi. Dudlangan va marinadlangan mahsulotlar ham bu xavfini oshiradi.

Go‘sht qayta ishlangan harorat qancha yuqori bo‘lsa, u shuncha zararli bo‘ladi. Go‘sht 100 daraja issiq haroratda pishirilganida unda zararli moddalar kam hosil bo‘ladi. Biroq harorat 150 daraja issiq ko‘rsatkichidan orsa, kanserogenlar miqdori ortadi.

Saratondan himoya qilishda yordam beradigan foydali mahsulotlar ham bor. Sariq va yashil rangdagi sabzavotlar, mevalar (ayniqsa sitrus), tofu soyali pishlog‘i, kunjut moyi xavfni kamaytiradi.

Shuning uchun:

Go‘shtga 100-150 daraja issiq haroratda ishlov bermaslik kerak.

Uni qaynating, bug‘da pishiring va past haroratda tovada qovuring.

Ratsiondan marinadlangan mahsulotlar, sho‘r baliqni chiqarib tashlang. Taomlarga tuzni kamroq soling.

Ko‘proq yashil va sariq rangdagi sabzavotlar, mevalarni iste'mol qiling.

Salatlarni kunjut moyi bilan aralashtiring

Zararli odatlar

Alkogol

Spirtli ichimliklar og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va tomoqda saraton rivojlanishi xavfini oshiradi. Alkogol iste'mol qilish kolorektal saraton – yo‘g‘on ichakda o‘simtalar hosil bo‘lish xavfini oshiradi. Ayollar uchun esa spirtli ichimliklar iste'mol qilish ko‘krak bezi saratoni xavfi ortishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, alkogol jigar saratoni rivojlanishi xavfini oshiradigan sirrozning rivojlanishiga olib keladi.

Alkogol nima uchun saraton xavfini oshirishi borasida bir necha taxminlar bor:

Alkogolning atsetaldegid kabi ayrim metabolitlari kanserogen bo‘lishi mumkin.

Alkogol prostaglandin miqdorini oshiradi.

Alkogol kanserogenlarning hujayraga singishini ko‘paytiradi.

Tamaki chekish

Tamaki chekish – o‘pka saratonining asosiy sababi. Erkaklardagi jami o‘pka saratoni holatlarining 80 foizi va ayollarda esa 50 foizi ana shu zararli odat tufayli kelib chiqqan.

Biroq chekishdan o‘pkaning o‘zigina aziyat chekmaydi. Olimlar tamaki chekishni saratonning 15 turi bilan bog‘lashadi. Qizilo‘ngach, qovuq, oshqozon osti bezi va jigar saratoni shular jumlasidandir.

Tamaki tutunida 80 tadan kam bo‘lmagan kanserogen mavjud. Ushbu moddalar mutatsiya va hujayralar o‘limini chaqiradi. Bundan tashqari, faol chekish karotin, kriptoksantin va askorbin kislotasi kabi antioksidantlar miqdorini kamaytiradi.

Organizm chekish zo‘riqishini yengadi, biroq qancha ko‘p cheksangiz, unga shuncha og‘ir bo‘ladi. Chekish muddati kuniga chekilayotgan sigaret miqdoriga qaraganda muhimroq.

O‘n yil davomida kuniga ikkita sigaret chekish besh yil davomida kuniga bir qutidan sigaret chekishga qaraganda xavfliroq.

Shuning uchun sigaretlar sonini kamaytirib, asta-sekin chekishni tashlash yaramaydi. Yodingizda bo‘lsin: qancha uzoq vaqt davomida cheksangiz, kasal bo‘lish xavfi shuncha ortadi.

Zo‘riqishlar

Doimiy zo‘riqish va depressiya – zamonaviy jamiyat balosi. Jamiyatdagi tezkor o‘zgarishlar, vaqt yetishmasligi va ishdagi bosim holatlar zo‘riqish bilan bog‘liq buzilishlar miqdorini oshiradi.

Zo‘riqish saraton yuzaga kelishi xavfini oshiradi va kasallikning kechishini tezlashtiradi. Zo‘riqish gormonlari (noradrenalin va adrenalin) migratsiya va hujayralar hujumini chaqiradi. Shuning uchun saraton butun organizm bo‘ylab tezroq tarqaladi.

Shuningdek, zo‘riqish immunitetni tushiradi, organizmda esa zararlangan hujayralarga qarshi kurashish vositalari yo‘qoladi.

Xulosa

Hech narsa bizni saratondan 100 foiz himoya qilmaydi. Bartaraf etish murakkab va ilojsiz bo‘lgan omillar doimo qoladi. Masalan, irsiy moyillik yoki atrof-muhitning ifloslanishi. Biroq ko‘p narsa o‘zimizga ham bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: