Vladimir Norov ShHT mintaqadagi xavfsizlik va rivojlanish uchun mas'uliyatni zimmasiga olishga tayyorligini aytdi

Jahon 15:35 / 21.06.2019 4375

Shanxay hamkorlik tashkiloti Bishkekdagi sammitda mintaqadagi xavfsizlik va rivojlanish uchun mas'uliyatni zimmasiga olishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda ShHT bosh kotibi Vladimir Norov ma'lum qildi.

Uning qayd etishicha, ShHTga a'zo davlatlar yakuniy deklaratsiyasida mintaqadagi davlatlar salohiyatidan ishonchli xavfsizlik barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida keng va ochiq hamkorlik makonini shakllantirishda foydalanishga chaqirishdi.

"Bu esa ShHTning mintaqadagi xavfsizlik va rivojlanish uchun mas'uliyatni zimmasiga olishga tayyorligidan guvohlik beradi", - dedi u.

Norov shuningdek, ShHT mamlakatlari mudofaa va xavfsizlik sohasida terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishni maqsad qilganligini bildirdi.

Vladimir Norovning qayd etishicha, Bishkekdagi sammit ishtirokchilari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish taklifi ostida davlatlarning ichki ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta'kidlashdi.  

Norovning ma'lum qilishicha, ShHT davlatlari kiberhujumlar va internetda ekstremistik mafkura targ‘iboiga qarshi kurashda hamkorlikni mustahkamlaydi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisi 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tdi.

ShHTning navbatdagi sammiti 2020 yil 22-23 iyul kunlari Rossiyaning Chelyabinsk shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: