Tengi yo‘q xodimlar: dronlar eng yaxshi uzumni yetishtirishda qanday yordam beradi?

Light 23:52 / 21.06.2019 6489
Foto: TravelAsk

Uzum yetishtirish jarayoni faqat bir qarashdagina oson jarayon bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa uzumdan sifatli hosil olish uchun fermerlar har kuni toklarning holatini ko‘zdan kechirishi, hosilni yig‘ib olish jarayonida esa kunni plantatsiyalarda o‘tkazishlari talab etiladi. Agar yuzlab va hatto minglab gektar uzumzor egasi bo‘lsangiz, hatto ishchilar yordamida ham kasallik va zararkunandalar mavjudligi, shuningdek, uzum yig‘ib olishga qay darajada tayyor ekanini nazorat qilish mushkul. Ko‘pincha uzumzorlar turli mikroiqlim sharoitlarida joylashadi, har bir nav esa o‘zining pishib yetilish muddatiga ega. Uzum yetishtiruvchilarga dronlar yordamga keldi. Hozirda ular Yevropa va Amerikaning  ko‘plab yirik xo‘jaliklarida mavjud. Bu haqida TravelAsk sayti yozmoqda.

Foto: TravelAsk

Dronlar va uzum yetishtiruvchi xo‘jaliklarning ilk hamkorligi plantatsiyalarga pestitsid va insektitsidlar bilan ishlov berishda yordam berishdan boshlandi. Uchuvchisiz parvoz qurilmalari katta masofani bosib o‘tib, kimyoviy preparatlarni belgilangan joyga aniq yetkazdi. Bir necha muddat o‘tgach, dronlar aqlliroq bo‘lishni boshladi va ularni qo‘llash sohalari ham ancha kengaydi.

Foto: TravelAsk

Har bir muayyan butada zararkunanda va kasalliklar mavjudligini aniqlaydigan kameralar tufayli dronlar pestitsidlar bilan aniq ishlov berishni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday yondashuv preparatlar xarajatini qisqartirish va ari hamda boshqa hasharotlarga yetkaziladigan zararni minimallashtirish imkonini berdi.

Foto: TravelAsk

Infraqizil diapazonda ishlaydigan kameralar yordamida dronlar eng tajribali fermer ilg‘ay olmaydigan narsani ham ko‘ra oladi. Ularning imkoniyatlari kasallangan va qurigan uzum novdasini izlash va zararkunandani topish bilan cheklanmaydi. Dronlar shunday kameralar bilan jihozlanganki, ular tuproq holati, xususan uning namligini tahlil qilishi mumkin. Bu esa sug‘orishlar rejasini tuzish imkonini beradi. Bundan tashqari, kamera meva pishib yetilganligi darajasini qayd etishi mumkin. Bu esa uzum plantatsiyalari ishchilarini har kungi uzumzorlarni ko‘zdan kechirishdek mashaqqatli vazifadan ozod etdi.

Foto: TravelAsk

Avstraliyada esa yaqin kelajakda dronlardan hosilni yo‘q qiladigan qushlarga qarshi foydalanish rejalashtirilmoqda. Kakadularning cheksiz galasi uzum pishgan vaqtda uzumzorga uchib keladi. Fermerlar uchun bunday tashriflar hosilning katta qismi yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Yangi uslub sinovdan o‘tkazildi va tez orada dronlar dalalarni chaqirilmagan qanotlilardan qo‘riqlash rolini bajarishni boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: