Shavkat Mirziyoyev: «Import - boshqa davlat fuqarolariga oylik to‘lash bilan barobar»

O‘zbekiston 14:10 / 21.06.2019 26451

Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida chiqish qilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev transport kommunikatsiyasi, eksport-import sohalarini tanqid qildi.

«10 yil oldin O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy yo‘nalishi bo‘lganida avtomobil narxi tushgan bo‘lardi. Hozir avtomobilsozlikda 70 foiz import qilinadi. Qo‘shnilar bilan murosaga kirishganimizda transport kommunikatsiyasi bunday ahvolga tushmasdi.

Hozir barcha yo‘llar ochildi. Hamma xohlagan tovarini olib kelyapti. Senatorlar shu tovarlarning ayrimlariga bojxona tarifini oshirish bo‘yicha taklif berdimi? 

Eng katta muammo - bozor topish. Bozorimizning 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri keladi.

Paxtaning 75 foizi chetga eksport qilingan. Paxta eksportidan eng ko‘p daromad olgan natijamiz - 1 mlrd 200 mln dollar bo‘lgan. Odatda 800-900 mln dollardan ortmasdi.

Hech kim aytmagan paxtani shu yerda qayta ishlab trikotaj mahsulotlari chiqarish bo‘yicha. Ayni vaqtda trikotaj mahsulotlarini o‘zimizda chiqarganimiz uchun 2 mlrd dollar foyda olyapmiz», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: