«Samolyotni urib tushirishlari mumkin edi». Shavkat Mirziyoyev Suriyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish mashaqqatlari haqida gapirdi

O‘zbekiston 12:53 / 21.06.2019 116186

Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlisining 20-yalpi majlisida chiqish qilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev senatorlarga murojaat qildi.

«Suriyadan 156 nafar ayolni qaytarish oson bo‘lgani yo‘q. Katta azob bilan qaytardik. Yuborgan samolyotimizni yo‘ldan qaytarishdi. O‘zimga qo‘ng‘iroq qilishdi, samolyotni qaytar yoki otib tashlaymiz deb. Ozarboyjonga qo‘nish bo‘yicha ko‘rsatma berdim.

Ayollarni olib kelish uchun beshta avtobus borgandi. Faqat ikkitasi qaytdi. Ayollarning ko‘pchiligini berishmadi. 

Bu ayollar nima uchun ketib qolgan, nimani izlab borgan? Sabab nima? Parlamentdan bu mavzuda, ular bilan ishlash bo‘yicha taklif kutgandim. Lekin hech kimdan hech qanaqa gap chiqqani yo‘q», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 30 may kuni Suriyadan O‘zbekistonga 156 nafar vatandosh, jumladan, 48 nafar ayol va 107 nafar bola maxsus reys bilan qaytarilgan edi. Hukumat ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va'da bergan.

Prezident ushbu operatsiyaning mashaqqatlari haqida avval ham gapirgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: