Saakashviliga Ukraina oliy radasiga saylanishga ruxsat berildi 

Jahon 21:00 / 21.06.2019 11113

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina oliy radasiga 21 iyulda o‘tadigan muddatdan avvalgi saylovlarda saylanishiga ruxsat berildi. Bu haqdagi qarorni Kiyev sudi chiqargan, deb xabar bergan Vladimir Zelenskiy prezident etib saylangandan keyin Ukrainaga qayta olgan Saakashvilining o‘zi.

U sudyalarni adolat tiklangani uchun maqtagan. “G‘alabaga yana bir qadam yaqinroq!”, deb yozgan Saakashvili Facebook’da.

Gruziyaning sobiq prezidenti o‘z vatanida Rossiya davlat dumasi deputatining Gruziya parlamentidagi nutqi sababli yuzaga kelgan g‘alayonlarga izoh bergan.

“Hozir barcha masalalarni chetga surib, Gruziyani yaxshi ko‘ruvchi barcha, jumladan tarafdorlarim Ivanishvili [“Gruziya orzusi” hukmron partiyasi yetakchisi milliarder Bidzina Ivanishvili] tuzumini olib tashlash uchun ko‘chalarga chiqishlari kerak”, deb ta'kidlab o‘tgan Saakashvili. 

Siyosatchi Ivanishvilini mamlakat iqtisodiyotini barbod qilishda, bu esa millionlab odamlarning emigratsiyasiga olib kelganlikda ayblagan. “Kecha u ustimizdan to‘yguncha kulib, yer bilan bitta qildi”, deb aytgan Saakashvili Tbilisidagi norozilik namoyishining tarqatilishi va politsiya tomonidan odamlarning o‘qqa tutilishini nazarda tutib. 

Siyosatchi hukmron partiya yetakchisini chetlatish uncha ham qiyin emasligini va uning tarafdorlari bunga “yaqin ekanliklarini” aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: