Prezident: Tadbirkorlarning 50 foizi norasmiy faoliyat yuritadi

O‘zbekiston 15:50 / 21.06.2019 19723

Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida chiqish qilgan Prezident tadbirkorlik faoliyati haqida gapirdi.

«Tadbirkorlar haligacha davlat idoralariga ishonmayapti. Ikki o‘rtada izchil munosabatlar yo‘lga qo‘yilgani yo‘q.

Birgina Toshkent shahrining o‘zida tadbirkorlarning 50 foizi norasmiy ravishda, «qora bozor»da yuribdi. Qachon tartibga solinadi bu?», — deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq muammolarni tizimli hal etish, tadbirkorlarga ko‘mak berish maqsadida joriy yil 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etilishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: