Messi milliy jamoalarning joriy to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi, peshqadam - Ronaldu

Sport 10:30 / 21.06.2019 6572

Dunyo terma jamoalarining hozirgi to‘purar futbolchilari ro‘yxatida Lionel Messi ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

ESPN ma'lumotiga ko‘ra, Argentina milliy jamoasi sardorining termadagi gollari soni 68taga yetgan. Bu bilan u Hindiston milliy jamoasining 34 yoshli hujumchisi Sunila Chhetriga yetib olgan va ikkinchi o‘ringa joylashgan.

Terma jamoalarning hozirgi a'zolari ichida Krishtianu Ronaldu hammadan ko‘proq gol urgan. U Portugaliya milliy jamoasining 157ta o‘yinida 88ta to‘p kiritgan. Messiga esa 68-golini urish uchun 132ta o‘yin o‘tkazish kerak bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, Leo 2005 yildan buyon Argentina termasi a'zosi. U uch marotaba Kopa Amerika, bir marta Jahon chempionatida finalida qatnashgan; har gal mag‘lubiyatga uchragan. Joriy Amerika Kubogida argentinaliklar birinchi turda Kolumbiyaga yutqazib, keyin Paragvay bilan durang o‘ynashdi va uchinchi tur oldidan o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: