Kozim To‘laganov: qurilish sohasida kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda

O‘zbekiston 01:50 / 21.06.2019 16512

Qurilish vaziri o‘rinbosari qurilish sohasiga chet eldan investor olib kirish masalasiga oydinlik kiritdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining aksariyati (davlat dasturlaridan tashqari – tahr.) investorlar hisobiga amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, qurilish industriyasida kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda. 

«Investorlarni O‘zbekistonga olib kelish masalasi barcha darajadagi rahbarlarning kun tartibida turgan masala. Bir misol. Toshkent markazi Tashkent City qurilyapti. 8ta lot 8ta alohida majmua deganidir. Bularning barchasi investor hisobiga bajarilyapti. 

Budjetdan biror so‘m bu yerga sarflangani yo‘q. Davlat rahbari tomonidan qo‘yilayotgan talab bu. «Qishloqqurilishinvest» mablag‘ining asosiy qismi ham chetning (Osiyo Taraqqiyot banki) mablag‘i. Qaytarib berish sharti bilan olingan. 

Bir misol, o‘tgan yili O‘zbekistonda 5 mln kvadrat metr qurildi. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan. Toshkentda eng ko‘p uy-joy qurilgani, 1987 yilda 1 mln 13 ming kvadrat metr hisobotda qayd qilingan. O‘tgan yili Toshkentning o‘zida 1 mln 24 ming kvadrat metr hisoblandi. 

Necha yillar to‘xtab yotgandi. Hech narsa yo‘q edi. Na qurilish tashkiloti, na sanoati, na kadr bor edi. Hozir esa, mutaxassislarni qaytadan o‘qitish, ularga sertifikat berish masalalari bo‘yicha boshimiz qotyapti», - dedi To‘laganov.

Ko‘proq yangiliklar: