Kiyevda Zelenskiy va Putinning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotgani ma'lum qilindi 

Jahon 07:20 / 21.06.2019 29209

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jamoasi uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Ukraina oliy radasi deputati Mixail Poplavskiy “112 Ukraina” telekanali efirida ma'lum qildi.

Ukraina yetakchisi uchrashuvda ko‘taradigan bosh mavzu Donbass va Qrimning Ukrainaga tegishliligi bo‘ladi. Deputatning ta'kidlashicha, Zelenskiy Ukraina janubi-sharqida o‘t ochishni to‘xtatishdagi o‘z tarixiy missiyasini tushunadi va bu masalani bevosita Putin bilan hal qilishga tayyor.

Poplavskiy ma'lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy jamoasi “aniq natijalar”ga erishmoqchi. “Shunchaki kelish yetarli emas, takliflar zarur, diplomatik kanallarni kelishib olish lozim”, deb aytgan deputat. Uning aytishicha, shundan keyingina davlatlar rahbarlari kelishilgan qarorlar qabul qiladilar.

18 iyunda Zelenskiy Bild nashriga intervyusida rossiyalik hamkasbi bilan uchrashuvni qanday so‘zlar bilan boshlashi haqida so‘zlagan. U jurnalistlarning bu haqidagi savoliga birinchi so‘zlari Qrim va Donbass Ukrainaga tegishli ekanligi haqida bo‘lishini aytgan. “Gapni Donbass va Qrim Ukraina ekanligidan boshlaymiz”, deb javob qilgan Ukraina prezidenti.  

Ko‘proq yangiliklar: