Indoneziyada gugurt fabrikasidagi yong‘inda 30 kishi halok bo‘ldi 

Jahon 22:16 / 21.06.2019 3866

Indoneziyaning Sumatra oroli shimolidagi gugurt fabrikasida yuz bergan yong‘inda 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Langkat okrugi rahbariyati ma'lumotlariga ko‘ra, asosan fabrikada ishlagan ayollar yong‘in qurbonlari bo‘lgan. Shuningdek, yong‘inda onalari ishiga o‘zi bilan olgan 3 bola halok bo‘lgan.

Fabrika binosi sanoqli daqiqalar ichida yonib kul bo‘lgan, ichkaridagi odamlarda omon qolishga imkon bo‘lmagan. Politsiya fojianing sababini aniqlashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: