Har kuni asal iste'mol qilsangiz, organizmda quyidagi 8 narsa sodir bo‘ladi

Light 11:53 / 21.06.2019 38791

Biz turli vitaminlarga juda ko‘p miqdorda pul sarflaymiz, immunitet va organizm faoliyatini yaxshilash yo‘llarini izlaymiz. Ona tabiat ana shu maqsadlarda foydalanish uchun taqdim etgan narsalarni esa sezmaymiz. Asal – asalarichilikdagi g‘aroyib mahsulot. U turli kasalliklar profilaktikasi va davosi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, shirinlikni diabet kasalligiga chalingan kishilar ham iste'mol qilishlari mumkin.

Foto: Pexels

Bugun «Tak Prosto!» tahririyati har kuni asal iste'mol qilsangiz, siz bilan sodir bo‘ladigan 8 ta narsa haqida hikoya qiladi. Faqat asalni asalarichilik bilan shug‘ullanadigan mutaxassisdan xarid qiling. Ana o‘shanda uning haqiqiyligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Organizm uchun foydasi

Toza teri

Asal – juda kuchli antioksidant. U terining erta qarishi, husnbuzarlarni chaqiruvchi zaharli moddalarni organizmdan chiqarib tashlaydi. Asalni iste'mol qilishdan tashqari, u bilan turli niqoblar ham qilish mumkin. Yuz mayin va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Ozish

Ma'lumki, ortiqcha vazn tashlashni istagan kishilar shirinlik iste'mol qilishi kerak emas. Biroq asalga nafaqat ruxsat berilgan, balki uni tavsiya ham qilishadi. U metabolizmni yaxshilaydi, shu sababli ortiqcha vazn tezroq ketadi.

Foto: Pexels

Xolesterin darajasini normallashtirish

Qizig‘i shundaki, asal tarkibida xolesterin mavjud emas. Biroq unda organizmdagi xolesterin darajasini kamaytirishga hissa qo‘shadigan mikroelementlar mavjud. Yuqorida aytib o‘tilganidek, asalni har kuni iste'mol qilish organizmdagi antioksidantli birikmalarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ular esa, o‘z navbatida, xolesterinning yuqori darajasiga qarshi kurashadi.

Sog‘lom tomirlar

Asalni har kuni iste'mol qilish yosh o‘tishi bilan deyarli hamma odamlarda paydo bo‘ladigan yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladi. Tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asal tarkibidagi antioksidantlar arteriyalar qisqarishi va tromblar hosil bo‘lishining oldini olishini ko‘rsatgan.

Xotiraning yaxshiligi

Har kuni asal iste'mol qilgan kishilarning xotirasi yaxshiroq bo‘lishi isbotlangan. Shuningdek, ularda keksalikdagi skleroz ehtimoli ham nolga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, asal tarkibidagi kalsiy miya tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, bu esa uning faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Sog‘lom uyqu

Tiniqib uxlash – ruhiy salomatlik va go‘zallik garovi. Asal seratonin ishlab chiqarilishiga hissa qo‘shadi, uni organizm tezda uxlab qolish gormoni – melatoninga aylantiradi. Shunday ekan, uyqu oldidan iste'mol qilingan bir qoshiq asal bilan yaxshi hordiq kafolatlanadi.

Oshqozon-ichak faoliyatining normallashuvi

Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun nahorga bir qoshiq asal yeyish tavsiya etiladi. Bunday oddiy qoida oshqozon-ichak kasalliklari paydo bo‘lishini bartaraf etishda yordam beradi. Bundan tashqari, oshqozonga borish yo‘lida asal bakteriyalarni yo‘q qiladi, shuningdek, oshqozonning shilliq po‘stidagi yaralarni tuzatadi.

Foto: Pexels

Antidepressant

Ushbu mahsulot tarkibidagi glyukoza neyronlar uchun zarur. U qonga tezda singib, tinchlanish, tirishishning kamayishi va psixologik buzilishlarning kamayishiga hissa qo‘shadi.

Tahririyatning maslahati

Ertalab bir choy qoshiq asalni ochqoringa va yana bir choy qoshiqni esa uyqudan oldin iste'mol qiling. Uni choyga solinadigan shakar o‘rnida ham qo‘llash mumkin. Biroq uni ichimlikka qo‘shmang, bor-yo‘g‘i iste'mol qiling. Axir 60 daraja issiqdan yuqori harorat asaldagi foydali xususiyatlarni yo‘q qiladi. Shuningdek, asalga sarimsoqpiyoz qo‘shish orqali uning viruslarga qarshi xususiyatini ham bir necha martaga oshirishingiz mumkin. Bunday mo‘jizaviy vositani tayyorlash uchun 500 ml asalga oldindan maydalab olingan 3-4 ta kichik sarimsoqpiyoz boshchalarini qo‘shing.

Ko‘proq yangiliklar: