Fernando Torres faoliyatini yakunladi

Sport 11:25 / 21.06.2019 6827

Yaponiyaning «Sagan Tosu» klubi hujumchisi Fernando Torres faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

«Atletiko», «Liverpul» va «Chelsi» klublarining sobiq futbolchisi ijtimoiy tarmoqda bu haqda e'lon qildi.

«18 ajoyib yildan so‘ng, futbolchilik faoliyatimni yakunlash payti keldi», — deb yozdi u «tvitter»da.

35 yoshli Torres 2018 yil yozida «Sagan Tosu» klubiga o‘tgan edi. U Jyey-liganing joriy mavsumida 7ta o‘yinda maydonga tushib, birorta gol urolmadi.

Torres «Chelsi» tarkibida Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Angliya Kubogi g‘olibi bo‘lgan. «Atletiko» bilan ham Yevropa Ligasida zafar quchgan. Ispaniya milliy jamoasi tarkibida jahon chempionati (2010) va 2 marta Yevropa chempionatida (2008, 2012) g‘alaba qozongan.

Ko‘proq yangiliklar: