Chusovitina 44 yoshlik tavallud ayyomida xalqaro turnirning kumush medalini qo‘lga kiritdi

Sport 00:39 / 21.06.2019 10761

O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Janubiy Koreyaning Cheju shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tayotgan Korea Cup xalqaro turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma'lum qildi. 

Chusovitina o‘z tug‘ilgan kuni 19 iyunda tayanch sakrash musobaqalarida 14550 balni qo‘lga kiritib, kumush medal sohibasiga aylandi. Oltin medal Janubiy Koreya vakili Yo Song Jongga, “bronza” esa meksikalik Aleksa Marenoga nasib qildi.

Tinim bilmas Chusovitina joriy oktyabrda Germaniyaning Shtutgartida o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni rejalashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: