AQSh Kongressi Ukrainaga 700 million dollar yordam berishni ma'qulladi

Jahon 12:43 / 21.06.2019 4340

AQSh Kongressining vakillar palatasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun jami 700 million dollar ajratilishi nazarda tutilgani ham qayd etilgan qonunlar loyihasini ma'qulladi. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchixonasi o‘zining Feysbukdagi sahifasida e'lon qildi.

Qayd qilinishicha, gap Pentagon, Davlat departamenti, AQShning xalqaro rivojlantirish agentligi va 2020 yil uchun turdosh dasturlarining moliyalashtirilishi haqida bormoqda.

«AQSh tashqi siyosat idorasi, xalqaro rivojlantirish agentligi va turdosh idoralar liniyasi bo‘yicha Ukrainaga yordam smetasi 445.7 million dollarni tashkil etmoqda. Ko‘rsatib o‘tilgan summa Ukrainaga Xalqaro harbiy moliyalashtirish dasturi doirasida xavfsizlik bo‘yicha yordam tariqasida yetkaziladi», — deyiladi elchixona xabarida.

Endi xuddi shu qonunchilik hujjatlari loyihasini Senat ham qabul qilishi kerak. Kongressning har ikki palatasi so‘nggi tahrirni ma'qullagach, ular AQSh prezidenti Donald Trampga imzolash uchun kiritiladi.

Shu hafta ichida avvalroq AQSh Kongressi Pentagon tomonidan Ukrainaga 250 million dollar summaga teng bo‘lgan xavfsizlik bo‘yicha yordam paketining barchasi tasdiqlagan edi. Bu mablag‘lar milliy xavfsizlik va mudofaani kuchaytirishga sarflanadi.

Shuningdek, Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy 2020 yilda Vashington Pentagon va Davlat departamenti liniyasi bo‘yicha Kiyevga harbiy yordamni kuchaytirishini e'lon qilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: