Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Jahon 18:40 / 20.06.2019 8362

YeI kengashi "Qrim" sanksiyalar paketini 2020 yil 23 iyunga qadar uzaytirdi. Bu haqda kengash qarorida aytilmoqda.

"Kengash Rossiya tomonidan Qrim va Sevastopolning noqonuniy anneksiya qilinishiga javoban kiritilgan cheklov choralarini 2020 yil 23 iyunga qadar uzaytirdi", -deyiladi qarorda.

Qrim 2014 yil martda o‘tkazilgan referendumdan so‘ng Rossiya hududiga aylangandi.

Ukraina Qrimni o‘zining vaqtincha bosib olingan hududi deb hisoblaydi.

Ko‘proq yangiliklar: