Tramp G20 sammitida Putin va Si Tszinpin bilan uchrashishini tasdiqladi

Jahon 08:25 / 20.06.2019 9140

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Tszinpin bilan Yaponiyada keyingi hafta o‘tadigan “Katta yigirmatalik” (G20) sammitida uchrashishini tasdiqladi.

“Men Rossiya bilan kelishmoqchiman va o‘ylashimcha, shunday ham bo‘ladi. Men Xitoy bilan kelishmoqchiman va o‘ylashimcha, shunday ham bo‘ladi. Men ularning ikkisi bilan keyingi hafta Yaponiyada G20 sammitida uchrashaman”, deb ma'lum qilgan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

“Ular kuchli davlatlar, biz esa juda kuchli davlatmiz”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.

G20’ning navbatdagi sammiti 28-29 iyun kunlari Yaponiyaning yirikligi bo‘yicha 3-raqamli shahri – Osakada bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro tadbirda 30 ming kishi, jumladan “yigirmatalik” davlatlari yetakchilari, delegatsiyalari a'zolari va OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: