Sochlar uzoq vaqt toza va serjilo bo‘lishi uchun  ularni qanday yuvish kerak?

Light 17:00 / 20.06.2019 26228

Layfxaker parijlik mashhur kolorist Kristof Robin maslahatlarini taqdim etdi. Kristof Robin Hollivudning ko‘plab yulduzlari bilan birga ishlagan. U sochlarga aql bovar qilmas hajm va jilo berishni biladi.

Foto: Fotolia

1-qadam

Sochlar yuvilganidan keyin oson taralishi uchun ularni yuvishdan oldin ham tarang. Kristof Robin dastlab sochlar uchini, keyin ildizini tarashni maslahat beradi.

2-qadam

Sochlar uchiga biror tabiiy yog‘ suring va ularni yana tarang. Toza bodom va argan yog‘i mos keladi. Uni bir kechaga sochlarda qoldirish kerak, biroq 15 daqiqa bilan ham cheklansa bo‘ladi. Kristof konditsionerdan foydalanishni tavsiya qilmaydi, chunki u sochlarni og‘irlashtiradi.

3-qadam

Sochingiz turiga mos keladigan shampundan foydalaning.

Kolorist bo‘yalgan sochlarni sulfatsiz shampun bilan yuvish yaxshiroq ekanini sezgan. Sulfatli shampunlarni esa bo‘yalmagan va yog‘li soch egalari qo‘llashlari mumkin. Jingalak sochlilar esa shampun o‘rniga tozalovchi konditsionerdan foydalanishlari kerak. Chunki bunday sochlar quruqlikka moyil bo‘ladi.

Kristof Robinnnig fikriga ko‘ra, ko‘plab ayollar shampunni juda ko‘p ishlatadilar «Taxminan bir choy qoshiq yetarli bo‘ladi», - deydi u. Shampunni ko‘piklashtiring va uni barmoqlar bilan (tirnoqlar bilan emas) soch uchlariga ishqalang. Soch ildiziga tegmang. Sochlarga hajm berish va qon aylanishini yaxshilash uchun boshni pastga tushirgan ma'qul.

4-qadam

Shampunni yaxshilab yuvib tashlang. «Aslida ko‘pchilik bu jarayonga yetarli vaqt ajratmaydi va yuvish vositasini butunlay yuvib tashlamaydi», - deydi Kristof. – Sochlar tozaligidan g‘ichirlashi kerak».

5-qadam

Agar konditsionerdan foydalanishni istasangiz, uni faqat sochlar uchiga surting. Kristof Robin haftasiga bir marta chuqur konditsionerlar uchun sochlar uchun niqobdan foydalanishni tavsiya qiladi. Niqobni soch turidan kelib chiqqan holda tanlang.

6-qadam

Ho‘l sochlarni taramang, bu ularning tuzilishiga shikast yetkazadi. Kolorist sochlarni quyidagicha quritishni maslahat beradi: «Boshni pastga tushiring va tezkor harakatlar bilan har ikki tomondan sochiq bilan arting». Bu nafaqat tarashni yengillashtiradi, balki ildizga hajm ham beradi.

Ko‘proq yangiliklar: