OTMlar tasarrufidagi akademik litseylarda yangi o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

O‘zbekiston 16:30 / 20.06.2019 3312

Joriy yil 20 iyundan OTMlar tasarrufidagi akademik litseylarda 2019/2020-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Akademik litseylarda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy tillar yo‘nalishlarida chuqurlashtirilgan ta'lim beriladi.

Akademik litseylarda tashkil etilgan Maslahat kengashlariga o‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar quyidagilarni taqdim etadi:

ta'lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza;

shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;

3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat.

Tanlovdan tashqari o‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradi.

Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: