Norvegiyada dunyodagi ilk «vaqtdan xoli hudud» yaratilishi mumkin

Jahon 10:00 / 20.06.2019 8552

Norvegiyaning Sommarey oroli aholisi noyabrdan yanvargacha davom etadigan va quyosh deyarli ko‘rinmaydigan qutb tunidan keyin vaqt borishini e'tiborga olmay, yoz oylaridan maksimal foydalanib qolishga harakat qilishadi. Ta'kidlanishicha, bunday davrda mahalliy aholi tungi soat 2da o‘z ishlari bilan shug‘ullanayotgani, bolalar esa ko‘chalarda o‘ynab yurishganining guvohi bo‘lishingiz mumkin. 

Orolda yashovchi 300 dan ko‘proq kishi 18 maydan 26 iyulgacha davom etadigan qutb kuni davrida yorug‘ yoz kunlaridan to‘liq hajmda bahramand bo‘lish maqsadida “vaqtdan xoli hudud” yaratish haqidagi petitsiyani imzolashdi. Bu maktab va ish joylarida qayishqoq ish jadvalini joriy qilishni nazarda tutadi.

“Maqsadimiz sutkada 24 soat faollikni ta'minlashdan iborat. Agar siz soat 4da maysani o‘rishni istasangiz, siz buni bemalol qila olishingiz mumkin”, deb aytgan g‘oya muallifi Kell Uve Xveding. 

Orol aholisi o‘z iltimosnomasini norvegiyalik deputatlarga topshirgan. Agar ularning iltimosi deputatlar tomonidan qanoatlantirilsa, unda orol dunyodagi “vaqtdan xoli ilk hudud” bo‘ladi.

Hozirda orolga olib boruvchi ko‘prikda soatlar osib tashlangan. Orolga keluvchilar shu yo‘l bilan bu yerda vaqt haqida unutishlarini namoyish qiladilar.

Ko‘proq yangiliklar: