Malayziya bosh vaziri MN17 halokati bo‘yicha tergov xulosalarini isbotsiz deb atadi

Jahon 14:50 / 20.06.2019 7503

MN17 halokati bo‘yicha qo‘shma tergov guruhining xulosalari avval-boshdanoq siyosiy tusda va isbotsiz edi, dedi Malayziya bosh vaziri Muhammad Maxatxir. Uning so‘zlarini mahalliy Malay Mail gazetasi keltirmoqda.

"Judayam xafamiz, chunki avval-boshdanoq bu Rossiyani qanday bo‘lmasin huquqbuzarlikda ayblashga qaratilgan siyosiy masalaga aylangan edi", — ta'kidladi Malayziya bosh vaziri.

Uning eslatishicha, Moskvani "hali tergov boshlanmay turib ayblashni boshlashgan".

"Endi esa isbot bor deyishmoqda. Ayni paytda isbot yo‘q, shunchaki mish-mishlar bor", deb qo‘shib qo‘ydi Maxatxir.

Tergov siyosiy tusda bo‘lmasligi, balki isbot bilan mustahkamlanishi borasida malayziya tashqi ishlar vazirligi ham bayonot berdi.

Kuni kecha xalqaro tergovchilar guruhi MH17 reysi halokatiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan to‘rt kishining kimligini ma'lum qildi. Aytilishicha, gumondorlar Rossiya fuqarolari Igor Girkin (Strelkov), Leonid Xarchenko, Oleg Pulatov va Ukraina fuqarosi Sergey Dubinskiydir. 

2018 yil mayida tergov guruhi yo‘lovchi samolyoti Rossiya qurolli kuchlarining “Buk” raketasidan urib tushirilgani haqidagi xulosaga kelgan, biroq bunga kim javobgarligini o‘rnata olmagan.

Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bo‘yicha yo‘nalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uchragan. Uning bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Voqeani tergov qiluvchi qo‘shma tergov guruhi tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina vakillari kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: