Dunyoning eng yirik aviakompaniyasi 50 dona Airbus A321 XLR samolyotini xarid qiladi

Jahon 11:50 / 20.06.2019 6388

Dunyoning eng yirik aviakompaniyasi American Airlines Atlantika orqali uchib o‘ta oladigan tor fyuzelyajli Airbus A321 XLR yo‘lovchi samolyotidan 50 dona sotib olishini ma'lum qildi. 

Dastlab aviakompaniya Airbus’ning boshqa modellaridanֹ sotib olishi ko‘zda tutilgan. Biroq joriy bitim shartlariga ko‘ra, American ular o‘rniga 30 ta va yana qo‘shimcha 20 ta XLR’dan sotib oladi.

Ushbu kelishuvga Airbus’ning asosiy raqobatchisi – Boeing’da ikkita aviahalokatdan keyin eng yangi 737 Max samolyoti bilan muammolar yuzaga kelgani ortida erishilgan. Shu bilan birga A321 XLR layneri 737 Max bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobat qilmaydi va Boeing XLR’ning raqobatchisini yaratish haqida bir qarorga kelmagan. 

XLR’ning bosh afzalligi transatlantik parvozlarni amalga oshirishi hisoblanib, unda tor fyuzelyajli samolyotlar ajralib turadigan jihatlar – yo‘nalishlarni oson o‘zgartirish mumkinligi va yonilg‘ini tejamli sarflash saqlab qolingan. Samolyotning uchish uzoqligi 8,7 ming kmni tashkil qiladi. Samolyot turli konfiguratsiyalarda 230 dan 270 nafargacha yo‘lovchi tashiy oladi.

Ko‘proq yangiliklar: