«Atletiko» «Real» futbolchisini 40 mln yevroga sotib oldi

Sport 17:10 / 20.06.2019 12903

«Atletiko» «Real» yarimhimoyachisi Markos Lorenteni o‘z safiga qo‘shib oldi.

«Matraschilar» rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, 24 yoshli ispan tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, u bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 40 mln yevroni tashkil etgan.

Lorente «Real» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U «qaymoqranglilar» asosiy jamoasida 2015 yilda debyut qilgan. 2016/17 mavsumini «Alaves»da ijara asosida o‘tkazgan xavbek jamoaning Ispaniya kubogi finaligacha yetib borishiga hissa qo‘shgan.

Markos 2017 yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda u «Real»ning 16ta o‘yinida 2ta gol muallifi bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: