AQShda xavfli materiallar va qurol tashib ketayotgan poyezd relslardan chiqib ketdi

Jahon 02:10 / 20.06.2019 13550

AQShning Nevada shtatida xavfli materiallar va qurol tashib ketayotgan poyezd relslardan chiqib ketdi. Bu haqda Elko okrugi sherifi idorasi Facebook’da ma'lum qilgan.

Voqea joyidan olingan lavhalarda 10 dan ko‘proq vagon relslardan chiqib ketgani, bir qismi ag‘darilganini ko‘rish mumkin bo‘lgan. Vagonlar ustida oq modda ustuni kuzatilgan.

“Union Pacific Railroad’ning xabar berishicha, relslardan hammasi bo‘lib 22 ta vagon chiqib ketgan, ularning biridan o‘simlik yog‘i oqib ketgan”, deyilgan politsiya xabarida. 

Politsiyaning dastlabki xabarida “xavfli modda” oqib ketgani aytilgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, vagonlar ustida kuzatilgan oq kukun alyuminiy oksidi bo‘lib chiqqan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, poyezd ammoniy nitrati, granata, o‘q-dorilar va o‘qotar qurol olib ketayotgan bo‘lgan. Qurol ortilgan vagonlar tarkibning boshqa oxirida bo‘lgan va relslardan chiqib ketmagan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.  

Voqea sababi aniqlashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: