Zelenskiy Donbassdagi Boeing halokati bo‘yicha tergov natijalarini ma'qulladi

Jahon 22:13 / 19.06.2019 8872

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi Boeing halokati bo‘yicha tergov natijalarini ma'qulladi. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyatining rasmiy Twitter sahifasida ma'lum qilindi.

Sudlanuvchilar kursisida nafaqat «Ukraina xavfsizlik xizmati gumon qilayotgan», balki «begunoh bolalar, ayollar va erkaklar o‘limiga sababchi» bo‘lganlar ham o‘tirishi kerak, deyiladi xabarda.

Bugun xalqaro qo‘shma tergov guruhi MN17 reysi halokatiga aloqadorlikda gumon qilingan to‘rt kishining ismlarini ma'lum qildi. Ular Igor Girkin (Strelkov), Sergey Dubinskiy, Oleg Pulatov va Leonid Xarchenkolardir.

Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bo‘yicha yo‘nalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uchragan. Uning bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan.  

Ko‘proq yangiliklar: