Tergovchilar MH17 reysi halokatiga aloqadorlikda gumon qilinayotganlarning ismlarini ma'lum qilishdi

Jahon 15:42 / 19.06.2019 9424

Xalqaro tergovchilar MH17 reysi halokatiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan to‘rt kishining kimligini ma'lum qilishdi, deb xabar berdi halokat oqibatida halok bo‘lganlarning qarindoshlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, gumondorlar Igor Girkin (Strelkov), Leonid Xarchenko, Oleg Pulatov va Sergey Dubinskiydir.

Halokatga aloqadorlikda gumon qilinayotganlar ustidan sud 2020 yil 9 martda boshlanadi, deb qo‘shimcha qilgan halok bo‘lganlarning qarindoshlari. 

Avvalroq Malayziya bosh vaziri Maxatxir Muhammad mamlakat hukumati Malaysia Airlines aviakompaniyasi “Boing”ining 2014 yil yozida Donbassda halokatga uchrashida Rossiya aybdorligining ishonchli isbotini ko‘rmaganini bildirgandi

2018 yil mayida tergov guruhi yo‘lovchi samolyoti Rossiya qurolli kuchlarining “Buk” raketasidan urib tushirilgani haqidagi xulosaga kelgan, biroq bunga kim javobgarligini o‘rnata olmagan.

Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bo‘yicha yo‘nalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uchragan. Uning bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Voqeani tergov qiluvchi qo‘shma tergov guruhi tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina vakillari kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: