Indoneziya 2021 yilda mamlakat poytaxtini Jakartadan boshqa joyga ko‘chirishni boshlaydi

Jahon 15:30 / 19.06.2019 6280

Indoneziya hukumati 2021 yilda mamlakat poytaxtini Jakartadan boshqa joyga ko‘chirishni boshlaydi, deb xabar berdi Sinxua agentligi Indoneziya rivojlanishni rejalashtirish vaziri Bambang Brojonegoroga tayanib.

"Qurilish 2021 yilda boshlanadi, biz poytaxtni ko‘chirish jarayoni muntazam amalga oshirilishiga umid qilmoqdamiz va yangi poytaxt 2024 yildan faoliyat ko‘rsata boshlaydi", - dedi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi poytaxt Kalimantan orolida joylashadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, qurilish Indoneziya hukumatiga 32,5 milliard dollardan ortiqroqqa tushadi. 

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo aprelda poytaxtni Yava orolidan ko‘chirishga qaror qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: