«Gazprom» va «O‘zbekneftegaz» O‘zbekistonda gaz qazib olish uchun 700 mln dollardan ortiq sarmoya kiritadi

O‘zbekiston 19:50 / 19.06.2019 7037

Gas Project Development Central Asia (Gazprom International sho‘'ba korxonasi) va "O‘zbekneftegaz" tomonidan tashkil etilgan NaturalGas-Stream qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda gaz qazib olish uchun 700 mln dollardan ortiqroq sarmoya kiritadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17 iyunda imzolangan qarorda aytiladi.  

Loyihada Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsion bloklarida geologorazvedka ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarida qazish ishlarini olib borish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosiga ko‘ra, investitsiyalar hajmi 701,4 mln dollarni, xususan qo‘shma korxona mablag‘lari 243,4 mln, xorijiy kreditlar 458 mln dollarni tashkil etadi. 
Tabiiy gaz qazib olish loyihaviy quvvati 1,633 mlrd kubometrga teng. 

NaturalGas-Stream qo‘shma korxonasi 2016 yil oxirida Ustyurt hududida gaz konlarini aniqlash bo‘yicha geologorazvedka va gaz qazib olish ishlarini olib borish uchun tashkil etilgan. O‘zbekiston tomonidan «O‘zbekneftegaz» bilan birgalikda «Muborakneftegaz» va «Ustyurtgaz», xorij tomonidan «Gazprom» sho‘ba korxonasi va Altmax Holding Ltd qo‘shma korxona hammuassislari hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: