Fransiya sobiq prezidenti korrupsiya ishi bo‘yicha sudga chaqiriladi

Jahon 19:00 / 19.06.2019 5354

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi korrupsion mojaro doirasida sudga chaqiriladi, deb xabar berdi Frans Press agentligi.

Agentlikning yozishicha, Fransiya kassatsion sudi Sarkozi va uning advokati Terri Ersogning korrupsiya bo‘yicha ishni yangilash bo‘yicha qarorga nisbatan bergan barcha apellyatsiyalarini rad etgan. Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, sud ishi yaqin oylarda boshlanadi.

Gap Sarkoziga nisbatan pora berish, xizmat lavozimidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish, kasb sirini ochishga harakat qilish kabi ayblovlar qo‘yilgan ish haqida bormoqda.

Tergovning bildirishicha, kassatsion sud uning saylov kampaniyasi moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi "Betankur ishi" ni ko‘rib chiqayotgan vaqtda Sarkozi advokati Ersog orqali kasb siri bilan himoyalangan ma'lumotni olishga uringan. Sarkozi sud a'zosi Aziberga Monakodagi nufuzli sud lavozimini egallashga yordam berishni va'da qilgan bo‘lishi mumkin.

Sarkozi "Betankur ishi" doirasida saylovoldi kampaniyasida L'Oreal egasi Lilian Betankurning ishonchini suiiste'mol qilishda ayblangandi. Tergov 2007 yilda boshlangan, ammo 2012 yilgacha Sarkozi prezident sifatida immunitetga ega bo‘lgan. 2013 yilda yetarli dalillar bo‘lmagani bois ish yopilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: