Zelenskiy Donbassdagi urushni tugatish yo‘lini taklif qildi

Jahon 19:10 / 18.06.2019 20132

Tutqunlikda ushlab turilgan shaxslarni o‘zaro almashtirish har ikki tomonning Donbassdagi nizoni bartaraf etish niyatidan guvohlik bergan bo‘lardi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya bundestagi raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlarni almashtirish «15 ga 15» yoki hech bo‘lmaganda «10 ga 10» shaklida amalga oshirilishi mumkin.  

Zelenskiy shuningdek, Ukraina hozirda Donbassni rivojlantirish loyihasini tayyorlayotganini aytdi. 

«Bu ishda Yevropa ham yordam berishi mumkin», — dedi u.

Donbassdagi qurolli nizolar 2014 yilda boshlangan. Hududning bir qismi Kiyev nazoratidan chiqib ketgan hamda “DXR” va “LXR” respublikalari tashkil etilgan. Bunga javoban Ukraina hukumati qurolli operatsiya boshlagan.

Ko‘proq yangiliklar: