Trampning Rossiya bo‘yicha bosh maslahatchisi yaqin vaqt ichida iste'foga chiqishi aytilmoqda

Jahon 16:20 / 18.06.2019 6057

Oq uy milliy xavfsizlik kengashining Rossiya bo‘yicha katta maslahatchisi, AQSh prezidentining Rossiya bo‘yicha bosh maslahatchisi Fiona Xill avgustda iste'foga chiqadi. Bu haqda The New York Times gazetasi jurnalisti Piter Beyker ma'lum qildi.

Jurnalistning yozishicha, Xillning o‘rnini milliy xavfsizlik kengashida ommaviy qirg‘in qurollari va biologik mudofaa ishlari bo‘yicha maslahatchi Tim Morrison egallaydi.

«Tramp qurollanish ustidan nazorat hamda AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasida imzolanishi ehtimoli bo‘lgan shartnomaga ko‘proq e'tibor qaratish maqsadida Rossiya bilan munosabatlarni o‘zgartirishga umid qilmoqda», — deb yozdi Beyker.

Fiona Xill 2017 yildan buyon AQSh prezidentining Rossiya bo‘yicha bosh maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadi. Garvard universiteti falsafa doktori bo‘lgan Xill butun ilmiy faoliyatini Rossii va SSSR tarixini o‘rganishga bag‘ishlagan. 2013 yilda «Mister Putin: Kremldagi maxsus agent» kitobini chop ettirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: