Nigeriyada hudkushlar hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Jahon 01:33 / 18.06.2019 4200

Nigeriyada 3 terrorchi-hudkush bir qator portlashlarni amalga oshirdi. Buning oqibatida 30 kishi halok bo‘lgan, 39 kishi yaralangan, deb xabar berdi 17 iyunda CNN telekanali. 

Terakt Konduga shahrida futbol uchrashuvining kinoteatrda tomosha qilinishi vaqtida sodir etilgan. Birinchi portlash kinoteatr yonida sodir etilgan, keyinroq esa ikkita portlash yuz berib, hudkushlar o‘zlarini bardagi odamlar orasida portlatgan.

Ta'kidlanishicha, portlashlarni ikki qiz va bir o‘g‘il bola amalga oshirgan. Ularning aniq yoshi noma'lum.

Hozircha ushbu terakt uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmagan. Biroq Nigeriyada “Boko Harom” terrorchilik guruhi jangarilari muntazam hujumlar sodir etib turadi. Ular teraktlarni amalga oshirish uchun o‘g‘irlab ketilgan bolalardan foydalanadi.

Ko‘proq yangiliklar: