Misrning yangi poytaxti paydo bo‘ladi

Jahon 21:05 / 18.06.2019 16767

Qohira bir necha yuz yillar davomida turli davlatlar poytaxti bo‘lgan va tarixi davomida ko‘p narsani boshdan o‘tkazgan. Biroq hozirgi kundagi aholisi, sanoat korxonalari, bir necha kilometrga cho‘zilgan avtomobil tirbandliklariga ega Qohira Misrning zamonaviy poytaxti konsepsiyasiga mos kelmayapti. 20 milliondan ortiq misrlik (mamlakat jami aholisining 1/5 qismi) yashaydigan poytaxt aglomeratsiyasi maydoni har yili  tobora kengaymoqda, shahar chekkasi esa mashhur Giza piramidalari va Sfinks haykaliga yaqinlashgan.

Foto: TravelAsk

Qohira shahrining “yukini yengillashtirish” uchun Yangi Qohira aholi punkti tashkil etilgan. Bu yerga davlat va jamoat muassasalarining bir qismi ko‘chirilgan. Biroq bu ham poytaxtdagi mavjud muammolarni hal qilmadi – shahar o‘sishda davom etdi. Biroq yaqin kelajakda Qohiradan sharqda joylashgan, sahroda quriladigan shahar Misr poytaxtiga aylanadi, deb yozmoqda TravelAsk.

Loyiha Afrikadagi eng katta qurilish ishlaridan biri bo‘lishi rejalashtirilgan. Bo‘lajak poytaxt esa mamlakatning aholi kam joylashgan ushbu hududining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Foto: TravelAsk

Misr Arab Respublikasining yangi aholi punkti Vedian nomini oldi, u tarjima qilinganida “daryoli vodiylar” ma'nosini anglatadi. Aslida bo‘lajak poytaxtning joyi sahro yuragida, Suvaysh port shahriga olib boradigan avtotrassa yaqinida joylashgan va hududda yirik daryo mavjud emas. Mamlakat rahbariyatining fikriga ko‘ra, yangi poytaxt zamon bilan hamnafas yangi Misr timsoli bo‘libgina qolmay, Qohira va Suvaysh portini bog‘lash uchun ham xizmat qilishi lozim. Bu esa ijobiy iqtisodiy samara keltiradi.

Foto: TravelAsk

Yangi shaharda 7 million kishi yashashi ko‘zda tutilgan. Bu yerga respublika hukumati, ularning oila a'zolari birinchilardan bo‘lib ko‘chib keladi. Dastlab shahar mamlakatning siyosiy-ma'muriy markazi bo‘lishi, shuningdek, bu yerda biznes-markaz va banklar to‘planishi rejalashtirilgandi. Biroq vaqt o‘tishi bilan shahar o‘ziga ajratilgan kvotadan ortishi, aholi soni tobora ko‘payib borishi ham hisobga olingan.

Misr o‘z poytaxtini boshqa shaharga ko‘chirishga qaror qilgan birinchi mamlakat emas. Ko‘pincha to‘plangan ekologik, infratuzilma, aholisi ko‘p poytaxtlardagi hududiy muammolar, ba'zida siyosiy va iqtisodiy sabablar tufayli ana shunday yo‘l tutiladi.

Foto: TravelAsk

Har qanday holatda ham bu kabi poytaxtni ko‘chirishlar katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni talab etadi. Axir ko‘pincha yangi shahar deyarli rivojlanmagan provinsiyalar sharoitida barpo etiladi. Yangi poytaxt Vedian bilan ham xuddi shunday bo‘ldi – ma'muriy markazni ko‘chirishga qarshi bo‘lganlar 45 milliard dollarlik xarajatlar smetasi mamlakat budjeti uchun og‘ir yuk bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Shunga qaramay, qurilish avjida. Asosiy davlat xizmatlari yangi poytaxtga 2019 yilda ko‘chirilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: