Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyani tasdiqladi

Jahon 17:05 / 17.06.2019 4248

Yevroittifoqdagi 28 davlat tashqi ishlar vazirlari hamjamiyatning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha yangi strategiyasini tasdiqladi. Bu haqda YeI kengashining bayonotida ma'lum qilindi.

"17 iyun kuni kengash Yevroittifoqning mintaqadagi yangi imkoniyatlarga moslashadigan siyosatini, Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha YeI yangi strategiyasini qabul qildi. Kengash YeI va Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha ilk strategiyasi qabul qilingan 2007 yildan buyon mustahkamlanib borayotganini olqishlaydi" deyiladi bayonotda.

YeIning yangi strategiyasi ikki jihatga qaratiladi. Birinchisi, "Markaziy Osiyo davlatlarining ichki va tashqi muammolarni bartaraf etish imkoniyatlarini kuchaytirishni ta'minlash va ularning islohotlar o‘tkazish qobiliyatlarini oshirish maqsadidagi hamkorlik". Ikkinchisi, "iqtisodiy modernizatsiya, birlashish va yoshlarga investitsiya kiritishni qo‘llab-quvvatlash hisobiga mintaqaning gullab-yashnashi".

Ma'lum qilinishicha, Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini yangi strategiyani Bishkekda 7 iyulda bo‘lib o‘tadigan YeI – Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuvida taqdim etadi.

Ko‘proq yangiliklar: