Xalq bankidan yana bir innovatsion yangilik

Jamiyat 09:50 / 17.06.2019 12901

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan holda mijoz uchun yangi-yangi xizmat turlarini yaratib, amaliyotga joriy etish aksiyadorlik tijorat Xalq bankining muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xususan, ushbu bank jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi ishtirokchilari uchun «SMS-xabarnoma» xizmatini joriy etdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi ishtirokchilariga yangi, zamonaviy xizmat turlarini ko‘rsatish.

 Xo‘sh, «SMS-xabarnoma» xizmati nima?

Bu mijozning mobil aloqa vositalari orqali har oyda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobraqamidagi mablag‘lar harakati to‘g‘risida ma'lumot olish imkonini beruvchi dasturiy tizim hisoblanadi. 

Bu tizimga qanday ulanish mumkin?

«SMS-xabarnoma» xizmatiga ulanish uchun Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilishlari yoki birgina 3200 qisqa raqamiga shaxsiy pensiya hisobvarag‘ini yuborishlari mumkin.

Mijoz «SMS-xabarnoma» xizmat turiga ulangandan so‘ng, 3200 qisqa raqamiga 1 raqamini yuborsa, joriy holatdagi mablag‘lar qoldig‘i, 2 raqamini yuborsa, oxirgi oyda uning shaxsiy pensiya hisobvaraqsiga kelib tushgan mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumot olishi mumkin.

Shu bilan birga, Xalq banki tomonidan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona ma'lumotlar elektron bazasi orqali avtomatik tarzda har oyda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risida sms xabar yuboriladi.

Eslatma!

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun mijoz qo‘shimcha ma'lumotlarni Xalq bankining rasmiy saytida keltirilgan oferta shartnomasi bilan tanishib o‘tishi lozim.

Murojaat uchun telefonlar: 71 268-99-31, 71 286-13-02

Xalq banki – xalq manfatlarini o‘ylaydi!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: