Si Tszinpin ilk bor KXDRga davlat tashrifi bilan boradi

Jahon 17:00 / 17.06.2019 7400

XXR raisi 20-21 iyun kunlari davlat tashrifi bilan KXDRga boradi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

"KXDR davlat kengashi raisi, Koreya mehnat partiyasi raisi Kim Chen Inning taklifiga binoan XXR raisi 20-21 iyun kunlari KXDRga davlat tashrifini amalga oshiradi", - deyiladi xabarda.

Bu Si Tszinpinning davlat rahbari sifatida Shimoliy Koreyaga birinchi tashrifi bo‘ladi.

Avvalroq The National Interest Shimoliy Koreya dunyodagi eng ko‘psonli maxsus kuchlarga egaligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: