«Savdogarbank» shoxobchalari 24/7 rejimida uzluksiz xizmat ko‘rsatmoqda

Jamiyat 12:50 / 17.06.2019 8120

Chet el kapitali ishtirokidagi «Savdogar» aksiyadorlik tijorat banki aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida respublika bo‘ylab 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan bank tizimida barcha o‘tkazmalarni amalga oshirmoqda.

Siz AT «Savdogarbank»ning «Savdogar-mobile» ilovasi, «Internet-banking», «Mobile-banking» kabi masofadan xizmat ko‘rsatish dasturlari orqali yoki 24/7 rejimida uzluksiz o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari  orqali bank tizimidagi barcha o‘tkazmalaringizni amalga oshirishingiz mumkin. Shoxobcha zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bankomat, infokiosk qurilmalari bilan jihozlangan.

Shuningdek, bankning korporativ plastik kartochkasiga ega bo‘lgan mijozlar «Internet-banking», «Mobile-banking» kabi masofadan xizmat ko‘rsatish dasturlari orqali o‘z korporativ kartochkalari hisobvarag‘ida kunning istalgan vaqtida bankka bormasdan va ortiqcha hujjatlar taqdim etmasdan pul o‘tkazishlari mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar hamda tadbirkorlar «Savdogarbank» xizmatidan foydalanganingiz uchun bag‘oyat xursandmiz!

«Savdogarbank» Sizning ishonchli hamkoringiz!

Qo‘shimcha ma'lumotlarni (71) 252-73-35, (71) 252-13-19, (71) 254-42-55 raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: