16 iyun kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining Qo‘rolos qishlog‘ida yashovchi M.A.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgani haqda Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi YoXB tuman dispetcherlik xizmatiga xabar bergan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/iEjKz0g04zo9W_0LA3RbskocpAROfUFR.jpg)
Soat 19:30da to‘rtta yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib borgan, soat 21:02da yong‘in bartaraf etilgan. Bu haqda viloyat YoXB Kun.uz`ga xabar bermoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/4/vcRTeVLisUTzJvSkiHp10v34ON591QmI.jpg)
YoXB rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqish taxminiy sababi sifatida M.A. mast holda sigaret chekib uxlab qolgani aytilmoqda. Yong‘inni bartaraf etish chog‘ida M.A.ning jasadi topilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/0U4E1J7G7nR3YCpVdpR6EL6IINYwSJfM.jpg)
Shuningdek mazkur yong‘in oqibati uy-joyning 100 kvadrat metr mahalliy uslubdagi shifti (uy devori xom g‘ishtdan), uy jihozlari va tunukali tom qismi yongan. 60 kvadrat metr maydon yong‘indan saqlab qolingan.