Kreml AQSh bilan kiberurush bo‘lishi ehtimolini baholadi

Jahon 18:36 / 17.06.2019 12198

Nazariy jihatdan AQSh va Rossiya o‘rtasida kiberurush bo‘lishi mumkin, dedi Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov. 

U New York Times gazetasining Amerika maxsus xizmatlari keyingi bir yil davomida Rossiya energiya tizimiga zararli dasturiy ta'minot kiritish bo‘yicha faolligini kuchaytirgani haqidagi xabariga shunday izoh berdi. 

Peskov Moskva bir necha bor kiberxavfsizlik bo‘yicha hamkorlik qilish tashabbusi bilan chiqqanini, ammo Amerika tomoni takliflarni rad etganini aytdi.

Avvalroq 17 iyun kuni Rossiya energetika vazirligi kompaniyalardan kiberhujumlar to‘g‘risida ma'lumot olmaganini xabar qilgandi.

Donald Tramp New York Times gazetasidagi xabarni izohlar ekan, gazetani davlatga xiyonatda aybladi.

Ko‘proq yangiliklar: