2017 yildan buyon korrupsion jinoyatlar uchun respublika darajasidagi 70 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgan - Bosh prokuratura

O‘zbekiston 17:10 / 17.06.2019 7902

Bugun, 17 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev va jurnalistlar ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda 2017 yildan beri sodir etilgan korrupsion jinoyatlar bo‘yicha raqamlar keltirib o‘tildi.

«2017 yildan buyon respublikada 3965ta korrupsion holatlar bilan bog‘liq jinoyat sodir etilgan. Bu raqam 2017 yilda 2076tani, 2018 yilda 1469tani, joriy yilda esa 420tani tashkil etadi.

O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, 3388ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov tugallanib, sud muhokamasiga berilgan. Bu raqamlar 2017 yilda 1883ta, 2018 yilda 1299ta, joriy yilda 206taga teng.

Mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha 5072 nafar shaxs jinoiy javobgarikka tortilgan. Yillar bo‘yicha taqsimoti bo‘yicha mos ravishda - 2881, 1907 va 284 nafar.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 70 nafari respublika miqyosidagi mansabdorlar, 499 nafari viloyat, 4508 nafari tuman va shahar miqyosidagi mansabdorlardir», deya Erkin Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: