Slovakiyada birinchi ayol prezident inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi

Jahon 07:47 / 16.06.2019 8173

Slovakiya poytaxti Bratislavada prezident saylovlarining g‘olibi Zuzana Chaputova inauguratsiyasi bo‘lib o‘tib, u yangi lavozimga kirishishidan oldin qasamyod keltirdi. 

Chaputova Andrey Kiska o‘rnini egalladi.

Sharqiy Yevropaning ushbu davlatini ilk bor ayol kishi boshqaradi.

Chaputova saylovlarning 2-bosqichi natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan, unga Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari Marosh Shefchovich raqiblik qilgan.

Yangi prezident Yevropa tomon yo‘nalishni saqlab qolishga va korrupsiyaga qarshi kurashish uchun bor kuchini sarflashga va'da bergan.

Ko‘proq yangiliklar: