Pompeo: AQSh Eronga qarshilik ko‘rsatishning barcha variantlarini ko‘rib chiqmoqda

Jahon 21:27 / 16.06.2019 8323

AQSh Eronga qarshilik ko‘rsatishning barcha variantlari, jumladan harbiy variantini ko‘rib chiqmoqda, biroq Vashington Tehron bilan urushni istamaydi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“AQSh barcha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Biz prezidentga bu variantlar haqida bir necha marta ma'lumot berdik va uni xabardor qilishda davom etamiz. Biz Eronni bosib turishni tiklash uchun bir qator choralar ko‘ra olishimizga ishonchimiz komil”, deb aytgan Pompeo.

Davlat kotibi AQSh Eronga qarshilik ko‘rsatishning harbiy variantini ham ko‘rayotganini bilish maqsadida berilgan savolga “Albatta” deb javob qilgan va “Prezident Tramp urushga borishni istamasligini aniq aytdi” deb qo‘shimcha qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: