Hongkong rahbari namoyishlarga sabab bo‘lgan qonun loyihasi uchun uzr so‘radi

Jahon 22:03 / 16.06.2019 4742

Hongkong rahbari Kerri Lam ommaviy noroziliklarga olib kelgan, ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasi uchun aholidan uzr so‘radi.

“Ma'muriyat rahbari hukumat ishidagi kamchiliklar jamiyatda ziddiyatlar va bahslar keltirib chiqargani, ko‘plab odamlarning hafsalasini pir qilgani va ranjitganini anglaydi. U o‘z uzrini so‘rab, tanqidni samimiyat bilan qabul qilishga va jamiyatga xizmat qilishda yaxshilanishlarga erishishga va'da beradi”, deyilgan mahalliy hokimiyat vakili bayonotida.

Ta'kidlanishicha, Hongkong hukumati qonun loyihasining ko‘rib chiqilishini to‘xtatdi va bu masalaga yana qaytish borasida hech qanday rejaga ega emas.

Qonun loyihasini qaytarib olgan hukumatning yon bosishlariga qaramay aholi 16 iyunda yana ko‘chalarga chiqqan. Ta'kidlanishicha, joriy aksiya avvalgi yakshanbada o‘tkazilgan va 1 mlngacha yaqin odamni to‘plagan aksiyadan ham kattaroq bo‘lgan.

Namoyishchilar Kerri Lamni tanqid qilib, uni “Pekinning qo‘g‘irchog‘i” deb atashmoqda hamda iste'fosini va Xitoyga qonunbuzarlikda gumon qilingan shaxslarni sud ta'qibi uchun topshirish mexanizmini yo‘lga qo‘yishga imkon beruvchi qonun loyihasidan to‘liq voz kechishni talab qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: