Braziliyalik er-xotin 20 yil davomida o‘rmon bunyod etdi va u minglab yovvoyi jonivorlarning boshpanasiga aylandi

Light 15:40 / 16.06.2019 44144

1994 yilda braziliyalik fotojurnalist Sebastyan Salgado Ruandadagi qatliom dahshatlarini suratga olib, uyiga qaytdi. U Braziliyadagi o‘zi tug‘ilgan Minas-Jyerays hududidagi cheksiz o‘rmonlarda xotirjamlikda yashab o‘ziga kelmoqchi bo‘ldi.

Ammo u bu yerda ko‘rganidan dahshatga tushdi: bir necha yil ichida yam-yashil va jonivorlarga boy bo‘lgan o‘rmon qurigan daryolar qolgan tashlandiq yerga aylangan, bu yerdagi yovvoyi tabiatdan asar ham qolmagandi.

Bir paytlar o‘rmon bo‘lgan yerning atigi 0,5 % hududidagina daraxtlar qolgandi.  

Foto: Instituto Terra

Shunda uning turmush o‘rtog‘i Leliya bir taklif bilan chiqdi. U o‘rmonni avvalgi holiga qaytarish uchun harakat qilishlari kerakligini aytdi. Sebastyan uni qo‘llab-quvvatladi va oila ilgarigi o‘rmon hududiga daraxt ekib chiqishga qaror qildi.

Salgadolar dastlabki urug‘larni 1998 yilda ekishdi, ammo bunday ulkan hajmdagi ish uchun ikki kishi kamlik qilardi. Maydoni 1 754 akr bo‘lgan o‘rmonni tiklash uchun ular 24 kishini yollashdi.

Foto: Instituto Terra
Foto: © sandrateodoro9 / instagram  / © mariiariscado / instagram  

Shu bilan birga Sebastyan bu loyihani moliyalashtiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan hamkorlarni ham izladi. O‘z missiyasiga boshqalarning e'tiborini tortish uchun oila Instituto Terra ekologik tashkilotini tuzdi.

Foto: Instituto Terra

1998 yildan buyon ular 293 turdagi 4 mln tupdan ortiq daraxt o‘tqazishdi va 1 502 akr tropik o‘rmon tiklandi. Tashlandiq yerga aylanib qolgan hudud ilgarigi holiga qaytdi.

O‘rmon tufayli butun ekotizim qayta tiklandi. Bu yerga jonivorlar qaytdi. Tropik mikroiqlim tiklanganligi bois bu yerda yog‘inlar miqdori ko‘paydi va qurigan irmoqlar ham to‘lib oqa boshladi.

Foto: Sebastião Salgado / facebook  
Foto: © jaque_borchat / instagram  / © wandersoncosta_22 / instagram  
Foto: © jaque_borchat / instagram  / © wandersoncosta_22 / instagram  
Foto: Instituto Terra

 

Ko‘proq yangiliklar: