Bangladesh prezidenti O‘zbekistonga keldi 

O‘zbekiston 23:00 / 16.06.2019 28067

16 iyun kuni Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid mamlakatimizga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonning safari Buxorodan boshlandi.

Tohir Istatov / O‘zA
Tohir Istatov / O‘zA

“Buxoro” xalqaro aeroportida Bangladesh rahbari va uning hamrohlarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev va Bangladeshning mamlakatimizdagi elchisi Mas'ud Manan kutib oldilar.

Foto: Erkin Yodgorov / O‘zA

Xorijlik mehmonlar Buxoroda bo‘lish doirasida buyuk ajdodimiz, Naqshbandiya tariqati asoschilaridan biri Bahouddin Naqshband tarixiy majmuasini ziyorat qilishdi. Shuningdek, ular qadimiy Ark qal'asi, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansambliga tashrif buyurishdi.

Tohir Istatov / O‘zA
Tohir Istatov / O‘zA

Bangladesh prezidentining ta'kidlashicha, uning prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan 15 iyun kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha xalqaro kengashning beshinchi sammiti yig‘ilishi doirasida o‘tgan uchrashuvi yakunida mamlakatimiz rahbari uni O‘zbekistonga taklif qilgan va u bu taklifni bajonidil qabul qilgan.

Muhammad Abdul Hamid O‘zbekistonda yuksak darajada kutib olingani uchun o‘z minnatdorligini bildirgan.

Tohir Istatov / O‘zA
Ko‘proq yangiliklar: