Yaponiyada 2020 yildan do‘konlarda plastik paketlar pulli bo‘ladi

Jahon 22:41 / 15.06.2019 3440

Yaponiya hukumati kelgusi yilning 1 aprelidan mamlakatda xarid chog‘ida sotib olingan mahsulotlar solinadigan plastik paketlar uchun to‘lov joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakatning iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Xirosige Seko ma'lum qildi.

Yaponiyada plastik chiqindilar muammosi dolzarb hisoblanadi – bu yerda xaridor kichkina do‘kondan ham qo‘lida bir nechta plastik paket bilan chiqadi, chunki har bir mahsulot alohida paketga solinadi.  

Endilikda paketlar uchun ramziy to‘lov joriy etish mo‘ljallanmoqda. Shu yo‘l bilan xaridorlarni do‘konlarga o‘z xaltalari bilan kelishga majbur qilishmoqchi.

Avvalroq Kanada 2021 yildan bir marta foydalaniladigan plastik buyumlarni taqiqlamoqchi ekanligi xabar qilingandi.

O‘zbekistonda ham plastik paketdan samarali foydalanish, shu orqali insoniyatning ekologiyaga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida 2019 yil 1 yanvardan boshlab plastik paketlar pulli etib belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: